
Endi fuqaro oʻz murojaatini oʻzi nazorat qiladi
Prezident Xalq qabulxonasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda qayta aloqa – SMS-xabarnoma yuborish xizmatini ishga tushirdi. Endi murojaatning har bir bosqichi haqida fuqaroga pm.gov.uz saytidagi shaxsiy kabineti va SMS orqali maʼlumot berib boriladi.











